Unutding - Мавлуда Асалхужаева

Unutding - Мавлуда Асалхужаева

  • Izlaiduma gads: 2020
  • Valoda: Uzbeku
  • Ilgums: 3:26

Zemāk ir dziesmas vārdi Unutding , izpildītājs - Мавлуда Асалхужаева ar tulkojumu

Dziesmas vārdi " Unutding "

Oriģinālteksts ar tulkojumu

Unutding

Мавлуда Асалхужаева

Qolmadi chora-chora,

Seni topmay bechora,

Yuragim pora-pora bo`ldi.

Sevgimiz gumonlarda,

O`zganing yolg`onlarida,

Orzular qora-qora bo`ldi.

Yig`lama yurak, qiynama yurak,

O`zingni ham, meni ham o`yla, yurak.

Umidim so`nmoqda, vujudim yonmoqda,

Yana sen qiynama, yurak.

Nega meni unutding?

Nega meni unutding?

Axir seni sevardim.

Nega?

Unutding nega?

Ko`z yoshim toma-toma,

Dard chekib, yona-yona,

Muhabbat bora-bora so`ndi.

Izladim ko`zlaringni,

Topmadim izlaringni,

Yuragim sensizlikka ko`ndi.

Yig`lama yurak, qiynama yurak,

O`zingni ham, meni ham o`yla, yurak.

Umidim so`nmoqda, vujudim yonmoqda,

Yana sen qiynama, yurak.

Nega meni unutding?

Nega meni unutding?

Axir seni sevardim.

Nega?

Unutding nega?

Vairāk nekā 2 miljoni dziesmu tekstu

Dziesmas dažādās valodās

Tulkojumu pakalpojumi

Augstas kvalitātes tulkojumi visās valodās

Ātrā meklēšana

Atrodiet nepieciešamos tekstus dažu sekunžu laikā